Meksikani birinchi marta ayol kishi boshqaradi, Eronda ilk bor ayol prezidentlikka nomzod bo‘ldi
- 03.06.2024 11:56
- 87
- Xorij
Meksikada hukumatparast koalitsiyadan nomzod Klaudiya Sheynbaum prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi.
“Mamlakatimiz, shuningdek, Lotin Amerikasi va butun dunyo eng yorqin lahzada yashayotganimizdan baxtiyormiz. Klaudiya Sheynbaum tariximizda birinchi ayol prezident bo‘ladi!” - deb yozgan Meksikaning milliy tiklanish harakati rahbari Mario Delgado ijtimoiy tarmoqda.
***
Shuningdek, Zoxre Elaxian Erondagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun nomzod sifatida ro‘yxatga olingan birinchi eronlik ayol bo‘ldi. Uch kun ichida mamlakat prezidentlik poygasida ishtirok etish uchun hujjat topshirganlar soni 17 nafarga yetdi.
Darvoqe, 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod ham ishtirok etmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hozirda Yer yuzida qancha odam yashaydi?
- Bugun, 17:23
- O'qing, qiziq!