Endi faqat eksportga ishlaydigan erkin iqtisodiy zonalar tashkil etiladi
Ushbu zonalarda xorijiy brendlar bilan yuqori qiymatli, tashqi bozorlarda talabi bor mahsulotlar ishlab chiqariladi. Xorijiy tajribada ham bu o‘zini oqlagani ta’kidlandi.
Yig‘ilishda mamlakatimizdagi 22 ta erkin iqtisodiy zonada ishga tushgan 589 ta korxona o‘tgan yili 42 trillion so‘mlik mahsulot chiqargan. Ishlab chiqarilgan mahsulotning bor-yo‘g‘i 16 foizi yuqori texnologiyali tovarlar hisoblanadi. Mahsulotlarning atigi 18 foizi tashqi bozorlarga sotilgan, 372 ta korxona umuman eksport qilmagan.
Erkin iqtisodiy zonalardagi korxonalar kiritgan sarmoyasiga qarab imtiyoz olmoqda. Lekin bu mablag‘lar tannarxni pasaytirish, eksportga chiqish uchun xizmat qilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Endi faqat eksportga ishlaydigan erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilish belgilandi. Bunday zonaning birinchisi Namanganda tashkil qilinib, to‘qimachilikka ixtisoslashadi.