Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etuvchi abituriyentlar o‘zlarining abituriyent ruxsatnomalarini yuklab olishlari mumkin.

Ruxsatnomani quyidagi usullar orqali olish mumkin:

Shaxsiy kabinet orqali
my.uzbmb.uz saytiga kirib, shaxsiy kabinetingizdagi «6-Fanlar majmuasi» bo‘limiga o‘ting. Ushbu sahifaning yuqori qismida «ABITURIYENT RUXSATNOMASI» tugmasi paydo bo‘lgan bo‘lib, shu orqali ruxsatnomangizni yuklab olishingiz mumkin.

Shaxsiy kabinetga kirmasdan
my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sahifasi orqali pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR (PINFL) raqamini kiritgan holda ham ruxsatnomani olish imkoniyati mavjud.
Muhim eslatma: Test sinovlariga kelayotganda abituriyentlar quyidagi hujjatlarni o‘zlari bilan olib kelishlari shart:
- pasport yoki ID-karta (asl nusxasi);
- abituriyent ruxsatnomasi.
Abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada ko‘rsatilgan sana va vaqtdan kechikmagan holda yetib kelishlari lozim.
Pasport (ID-karta)ning nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.
Hurmatli abituriyentlar! Ruxsatnomangizni oldindan yuklab oling, undagi ma’lumotlarni diqqat bilan tekshiring va test sinoviga barcha talablarga rioya qilgan holda boring.