2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari va baholash mezonlarida qanday o‘zgarishlar bor?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).
Unga ko‘ra, barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
- Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
- Matematika x 10 ta;
- O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
- 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
- 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
60 ta savoldan jami 156,0 ball.
2025/2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.