Eng munosiblar taqdirlandi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyati kengashida “Ayollar daftari” tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha tanlovning viloyat bosqichida birinchi o‘rinni egallab respublika bosqichida munosib ishtirok etgan ishtirokchilarni taqdirlashga  bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Unda tanlovning viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga kasaba uyushmalari tomonidan 30 million so‘mdan pul mukofoti hamda sertifikatlar topshirildi.

Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov – “Eng yaxshi sektor rahbari”, Jomboy tumani Ahmadjon Qurbonov nomli mahallasi hokim yordamchisi Chamangul Shananova “Eng yaxshi hokim yordamchisi”, Past Darg‘om tumani Qozoq Nayman mahallasi xotin-qizlar faoli Dilnoza G‘afforova “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli”, Urgut tumani Pastki Qalandar mahallasi yoshlar yetakchisi  Alisher G‘aybiyev “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi”, Bulung‘ur tumani “Zaynura Bulung‘ur tekstil” MChJ rahbari Shoira Sattorova – “Eng yaxshi ish beruvchi ayol” nominatsiyalari bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Husan Eltoyev.