“Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Samarqand shahridagi yoshlar markazida shu nomdagi respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Natijalarga ko‘ra, Past Darg‘om tumanidagi Turkman mahallasi “Obod mahalla”, Narpay tumanidagi O‘zbekiston mahallasida yashovchi  Hakim Rasulov “Obod xonadon” va ushbu mahalla ko‘chaboshisi Bozor Hasanov “Obod ko‘cha” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.

G‘oliblar tanlovning respublika bosqichida viloyatimiz nomidan ishtirok etadi.