Eng uzoq cho‘zilgan tug‘ilgan kun
Germaniyalik Sven Hagemeyr 26 yoshga to‘lganida turli vaqt mintaqalarini kesib o‘tib, bu muhim sanani ikki kunga uzaytirishga muvaffaq bo‘ldi.
46 soat davomida Sven Oklenddan (Yangi Zelandiya) Brisbenga (Avstraliya), so‘ng Gonolulu oroliga uchib borib, “Ginnesning rekordlar kitobi”dagi “eng uzoq davom etgan tug‘ilgan kun” rekordini o‘rnatdi.
Sven 1998 yilning iyun oyida Karachidan Singapurga, keyin esa San-Fransiskoga uchib, o‘z tug‘ilgan kunini 35 soatu 25 daqiqa nishonlagan pokistonlik rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.
O‘zining yutug‘i haqida gapirar ekan, Sven “Bolalagimdan “Ginnesning rekordlar kitobi”ning ashaddiy muxlisiman. Men har doim o‘zimga-o‘zim men ham rekord o‘rnatishim mumkinmi, deb savol berardim. Ushbu toifani topganimdan so‘ng, rekordni yangilashga qaror qildim”, deydi.
Tug‘ilgan kun egasi uzoq davom etgan bayramining ko‘p qismini samolyotda o‘tkazdi, yeguliklardan bahramand bo‘ldi va chet elliklar bilan imo-ishora tilida muloqot qildi.
Yangi Zelandiyada Sven Xan ismli xushmuomala taksi haydovchisi bilan tanishdi. U bir yarim soat davomida Svenga Oklendning diqqatga sazovor joylarini ko‘rsatdi. Boshqalar ham unga rekord o‘rnatishga yordam berdi. Germaniyaga qaytib kelganida, Sven “Dunyo yaxshi odamlarga to‘la, siz qayerda bo‘lmasangiz, har doim u yoki bu masalada sizga yordam qo‘lini cho‘zadigan kishi topiladi", deb aytdi.
O‘zining “yakuniy” tug‘ilgan kunini uning rafiqasi Hagemeyrni mashhur kitob vakillari bilan birga kutib turgan Gavayida nishonladi. Ular rekordni rasman qayd etib, Svenga “Ginnesning rekordlar kitobi”ning sertifikatini sovg‘a qilishdi.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.