Erdagi eng mashhur va keng tarqalgan familiyalar

Faqat Islandiya xalqidan tashqari, Yer yuzidagi har bir odamning o‘z familiyasi bor.Islandiyaliklar familiya o‘rniga shunchaki otasining ismini ishlatibgina qo‘yishadi, xolos.

ADME dunyodagi eng keng tarqalgan familiyalarni hisoblab chiqdi. Shuningdek, biz turli mamlakatlar aholisining “moda”da bo‘lganismlarini ham tahlil qilishga qaror qildik.

AQSh

Smit  - Amerika Qo‘shma Shtatlardagi eng keng tarqalgan familiya bo‘lib, 2 milliondan ortiq amerikalik ushbu familiya tashuvchilaridir.Nafaqat Qo‘shma Shtatlarda, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi boshqa ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar tom ma’noda Smitlar bilan to‘lib ketgan. Pyeshqadamlardan keyin, ulardan biroz kamsonli Jonsonlar turadi.

Jeyms va Emma  so‘nggi 100 yil davomidaAmerikada eng mashhur ismlar bo‘lib kelmoqda.

Rossiya

Rossiyada qaysi familiya ko‘proq uchraydi deb o‘ylaysiz? Ko‘pchilik bu savolga ikkilanmasdan«Ivanov» deb javob bergan bo‘ladi. Aslida esa bugungi kunda Rossiyada Smirnovlar soni judako‘p. Ivanovlar esa mashhurlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi.

Ismlarga keladigan bo‘lsak, Rossiyada keyingi yillarda ko‘pchilik erkaklarning ismi Aleksandr,qizlar orasida eng keng tarqalgan ism Anastasiyabo‘lib qolmoqda.

Xitoy

100 million odam xitoyliklarning dunyodagi eng keng tarqalgan Li familiyasi tashuvchisi hisoblanadi. Hatto Kanadada ham Li familiyali odamlar boshqalarga qaraganda ko‘proq. Xitoyning o‘zida esa katta farq bilan (93 million kishi)Vong familiyasi yetakchilik qiladi. Ko‘rinishidan, xitoyliklar xilma-xillikni yaxshi ko‘rmaydi, negaki u yerda familiyalarning 100 dan sal ziyodvariantlari bor, xolos.

Yigitlar, o‘g‘il bolalar, erkaklar ko‘pincha Vey ismini olishadi, Fang ayollar orasidani eng mashhurlar ismlardan biri.

Germaniya

Germaniya juda ko‘p Myullerlar yoki Shmitdlar bilan maqtanishi mumkin.

Qonunchilik ota-onalarni ism tanlashda chyeklamaydi va katolik an’analariga ko‘ra nemislaro‘ta murakkab ismlarni juda yaxshi ko‘radi. Shunday bo‘lsada, eng mashhurlari juda oddiy - Ben va Emma.

Yaponiya

Uzoq va jumboqli Yaponiyada ko‘pchilik Suzuki familiyasiga ega. Undan keyingisi biroz kamroq tarqalgan - Sato. Ma’lum bo‘lishicha, yaponlar romantik kishilar ekan: eng mashhur familiyalarning tarjima qilingan nomlariga qarang-a: «Kichik o‘rmon», «glitsiniya», «guruch maydoni». Ha, ular she’riy familiyalar bo‘yichayetakchi...

Ismlarga kelsak, hozirda Yaponiyada Minato va Sakura ismlari “so‘nggi rusum”da.

Braziliya

Braziliyaning odatiy fuqarosi hujjatlaridaSilva yoki Santos familiyasi yoziladi. Ko‘pgina ismlar va familiyalar portugalcha ildizlarga ega va bu ajablanarli emas, chunki Braziliyani deyarli 300 yil davomida Portugaliya boshqargan. «Silva»so‘zi tropik o‘rmon degan ma’noni anglatadi.

Ota-onalar ko‘pincha bolalariga Migel va Alisiya deb nom qo‘yishadi. Shuningdek, braziliyaliklar qo‘shma ismlarni yaxshi ko‘radilar. Reytingda sharafli o‘rinni egallaydigan Mariya Eduarda va Joao Migel kabi ismlar shular jumlasidandir.

Hindiston

«Bizda barchasi juda mushkul», deydi Hindistonliklar o‘z familiyalari haqida. Darhaqiqat, jamiyatning tabaqalashgan tizimi va xalqchilik tadqiqot qilishga qaror qilganlarni chalkashtirib qo‘ydi.

Masalan, Kumar Hindistondagi eng mashhur familiya bo‘lishdan yiroq, Devi va Singx katta farq bilan oldinga siljidi. Hindlar juda dindor, shu bilan birga ular o‘ta qahramon va ulug‘vor xalqdir. Bu haqda ularning familiyalarigapiradi: Masalan, Singx - sher (hayvonlar shohi), Xon — qirolni anglatsa, Devi — ma’buda Devi sharafiga atalgan ismdir.

Endilikda qizlarga ko‘pincha Adia, o‘g‘il bolalarga esa Arav degan ismlarni berishayapti.

Italiya

Italiyaliklar orasida Rossi yoki Russo familiyasi ko‘p uchraydi. Bu kulgili, chunki bu familiyalar «malla soch» laqabidan kelib chiqqan va vaqt o‘tishi bilan ular juda mashhur bo‘lib ketgan.

Italiyada odatda an’anaviy ismlarning aksariyati avliyolar sharafiga bag‘ishlanadi. Franchesko va Sofiya ismlari eng keng tarqalgan bo‘lganligi hamajablanarli emas.

Vetnam

Nguyen Vyetnamdagi eng mashhur familiya bo‘lib, mamlakat aholisining kamida 40 foizi familiyadoshlar hisoblanadi. Bu esa sinfdagi o‘quvchilar yoki ofisdagi xodimlarning aksariyati Nguyen bo‘lgan qiziqarli vaziyatlarga olib keladi.

Vyetnamdagi ismlarga keladigan bo‘lsak, ular, qoida tariqasida, 3 qismdan iborat va aksinchafamiliyadan oldin yoziladi. Eng ko‘p uchraydigani Xo va Duk.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.