Yeri yo‘q, ammo qoramoli bor fermerning dardi
- 12.04.2021 17:12
- 178
- Samarqand
Tahririyatimizga Oqdaryo tumanidagi “Abdurazzoq bobo” fermer xo‘jaligi boshlig‘i Jasur Abdurayimovdan shikoyat xati keldi.
Murojaatda bildirilishicha, xo‘jalik tasarrufida 13,7 gektar yer maydoni bo‘lgan. Biroq joriy yil boshida o‘tkazilgan xatlovda chorva bosh soni kam, deb topilib, xo‘jalik yerlari tuman hokimligi zaxirasiga olingan.
Endi fermer qishloqning o‘rtasidagi molxonada sanitariya talablariga zid ravishda chorva mollarini asrashga majbur. Bir tomonda chorva ozuqasi tashvishi, bir tomonda kunlar isigani sayin molxonadagi badbo‘y hid tufayli bu yerda yashovchi aholi jabr ko‘ryapti.
Fermerning chorva mollarini olib chiqishga yer maydoni yo‘q. Fermer qonunchilikni bilmasligi va unda tajriba yetishmasligi bois mablag‘ni kirim-chiqim qilmagan. Lekin xo‘jalikda hozirda 37 bosh chorva moli boqilayotganini hisobga olib yosh fermerga yana bir bor muddat va imkoniyat berish kerak emasmikan?
Bir xo‘jalikni tugatishdan oson ish yo‘q, yangisini shu darajaga yetkazishga yana necha yillar kerakligini unutmaylik.
O‘ktam Xudoyberdiyev,
zarnews.uz muxbiri.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa