Oqdaryoda mehmondorchilikda boshlangan janjal fojia bilan tugadi
- 09.08.2022 09:34
- 827
- Jinoyat va jazo
Viloyat IIB xabariga ko‘ra, tumanning «Pichoqchi» mahalla fuqarolar yig‘inida sodir bo‘lgan janjal o‘lim bilan yakunlangan.
2022 yil 19 iyun kuni shu mahallada yashovchi fuqaroning uyiga tanishlari mehmonga kelgan. Shu kuni mehmonlar o‘zaro janjallashib, biri ikkinchisining boshiga musht bilan urgan.
24 iyun kuni jabrlanuvchining tobi qochib, Past Darg‘om tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan u vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
"Ehtiyot bo‘ling, Bolalar”!
- Bugun, 17:25
- Jamiyat
Debatlarda partiya rahbarlarini ko‘ramizmi?
- Bugun, 17:09
- SAYLOV 2021
Xitoyliklardan nimani o‘rganish mumkin?
- Bugun, 16:39
- Mutolaa
Notariat sohasi ham raqamlashtirilmoqda
- Bugun, 16:22
- Samarqand