Ishtixonda erkak tanishining boshiga bolta bilan og‘ir jarohat yetkazdi

8 iyul kuni Ishtixon tumani "Dehqonobod" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi S.Sh. og‘ir tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, o‘sha kuni soat 10:30 larda S.Sh. tanishi Q.R. bilan o‘zaro kelishmay qolgan va janjallashgan.

Oqibatda Q.R. o‘zining «Tico» rusumli avtomashinasi yukxonasidan xo‘jalik boltasini olib, S.Sh.ning bosh sohasining orqa qismiga bir marotaba urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.

"Hozirda mazkur holat yuzasidan Ishtixon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi «l» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan", deya xabar berdi viloyat IIB axborot xizmati.