Tungi klubda yuz bergan janjal ishtirokchilariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi tunggi klubda bir kishi vafot etgani haqida xabar tarqaldi.
Viloyat IIB ushbu xabarga izoh berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 7 avgust kuni fuqaro E.B. o‘zining tanishi bilan Samarqand shahrida joylashgan “Bassiane” nomli tungi klubga dam olish maqsadida kirmoqchi bo‘lgan vaqtida, klubda qo‘riqchi bo‘lib ishlovchi R.M. ularni klubga kiritmasligini aytib, turli nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, bir guruh sheriklari bilan ularni urib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro R.M. va boshqa shaxslarga nisbatan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
IIB munosabatida aytilishicha, janjalda bir kishi vafot etganligi to‘g‘risidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.