O‘quvchi qizlarning janjallashgani haqida ijtimoiy tarmoqlardagi holat bo‘yicha rasmiy munosabat: Janjal Ishtixonda bo‘lgan
![](https://static.zarnews.uz/crop/4/c/720__80_4c80d4dcc9b619c80508875bf1602ad8.jpg?img=self&v=1739276733)
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchi-qizlarining janjallashgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganishlar olib borilgan.
"O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, videodagi jabrlanuvchi o‘quvchi Ishtixon tumanidagi 15-umumta’lim maktabining 7-sinfida, zo‘ravon o‘quvchi-qiz esa shu tumandagi 74-umumta’lim maktabining 10-sinfida tahsil olayotganligi aniqlandi, - deyiladi Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabarida. - Mazkur holat yuzasidan har ikkala o‘quvchi bilan maktab amaliyotchi psixologlari, mahalla xotin-qizlar faoli va maktablarga biriktirilgan inspektor-pisixologlar tomonidan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan.
Shuningdek, holat tuman IIB tomonidan nazoratga olinib, zo‘ravon o‘quvchi qizning ota-onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi, birinchi qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan".