Bulung‘urdagi ikki maktab o‘quvchi qizlari o‘rtasida yuz bergan janjal yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Bulung‘ur tumanida maktab o‘quvchi qizlari o‘rtasida janjal yuz bergani aks etgan video tarqaldi.

Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat 25 aprel kuni soat 16:30 larda Bulung‘ur tumani markazida joylashgan "Diyor" sport majmuasi maydonida sodir bo‘lgan. Unda 22- va 23-sonli maktablarning 8-sinf o‘quvchi qizlari bir-birlariga nisbatan turli haqoratli so‘zlar aytgan va natijada janjalli holat yuzaga kelgan.

Janjal Bulung‘ur tumani IIB tomonidan rasmiylashtirilib, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, ushbu holat maktablarning jamoasi hamda ota-onalari ishtirokida muhokama qilinishi belgilangan.