Respublika bo‘yicha maktab o‘quvchilari soni ma’lum qilindi
Bugun, 4-sentabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 10 160 ta maktabda 2023-2024-o‘quv yilining ilk dars soatlari boshlandi. Joriy o‘quv yilida 700 000 nafardan oshiq bolajonlar umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi.
Ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.
Umumta’lim maktbalarida tahsil olayotgan 6,5 mln.dan ortiq o‘quvchilar ishtirokida tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, vazirlik mas’ullari, mahalliy hokimliklar hamda keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.