Eron qiruvchi samolyoti halokati: uchuvchi o‘z jonini qurbon qildi

Dushanba kuni ertalab Tabrizning Monaxem tumanida qulagan Eron Harbiy-havo kuchlariga qarashli F-5 qiruvchi samolyotining qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi.

Qizil yarim oy jamiyati vakilining so‘zlariga ko‘ra, samolyot maktab binosiga qulagan va yong‘in boshlangan. Halok bo‘lganlardan biri mahalliy fuqaro.

Ma’lum bo‘lishicha, koronavirus pandemiyasi sababli maktab yopiq bo‘lgan. Mahalliy hukumat vakillari so‘zlariga ko‘ra, uchuvchi katapultdan jon saqlab qolishi mumkin edi. Biroq u buni amalga oshirmagan va so‘nggi soniyagacha samolyotni turar-joy hududidan olib o‘tishga uringan. Voqea sabablariga oydinlik kiritilmoqda.



Eron Harbiy-havo kuchlari asosan o‘tgan asrda ishlab chiqarilgan Rossiyaning "MiG" va «Suxoy» qiruvchi samolyotlari, shuningdek, 1979 yil Islom inqilobidan oldin ishlab chiqarilgan bir nechta Xitoy samolyotlari va Amerikaning "F-4" va "F-5" qiruvchi samolyotlari bilan qurollangan.