Ertaga “Mo‘’jiza”da yuz nafarga yaqin polvon kuch sinashadi
- 19.03.2019 09:45
- 125
- Samarqand

20 mart kuni Samarqand shahrida respublika miqyosida milliy kurash bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.
Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, musobaqada yurtimizning turli hududlaridan yuz nafarga yaqin polvonlar qatnashish istagini bildirgan.
Bugun kunning ikkinchi yarmida Samarqand shahridagi sportning yakkakurash turiga ixtisoslashgan sport maktabida kurashchilarni tanishtiruv va qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqa uch vazn (73 kg.gacha, 90 kg.gacha, 90 kg.dan) toifasida o‘tkaziladi. 90 kilogrammdan ortiq vazn toifasidagi polvonlar kurashida bosh tovoqqa “NEXIA-3” avtomobili qo‘yilgan.
Teglar:
Milliy kurash
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Misr tamadduni qachon boshlangan?
- Kecha, 17:53
- O'qing, qiziq!