Samarqandlik besh nafar kurashchi jahon chempioni bo‘ldi

Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida kurash bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida IX, faxriylar o‘rtasida III jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 30 ta oltin, 30 ta kumush va 12 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan kurashchilarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlar chempionat mezboni Mo‘g‘uliston jamoasiga hamda turkmanistonlik kurashchilarga nasib etdi.

Jahon chempionatida milliy terma jamoamiz tarkibida yurtimiz sharafini himoya qilgan 5 nafar samarqandlik kurashchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Bunyod Shavkatov, Firdavs Niyatullayev, Hamid Obloqulov, Mehribon Rabbimova, faxriylar o‘rtasida Sherqul Boboqulov chempion bo‘ldi.