Termizdan xabarlar: Mardlar maydonga chiqdi
Kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan XV xalqaro turnirning erkaklar o‘rtasida 81 hamda 90 kilogramm vazn toifalaridagi bellashuvlar hayajonga boy bo‘ldi. Butun boshli stadion O‘zbekiston deya hayqirib tursa-da, ba’zan mehmonlarning ham qo‘li baland keldi.
Tanishing, g‘oliblar:
Yigitlar, 81 kg. vazn toifasida:
1-o‘rin – Umar Bozorov (O‘zbekiston);
2-o‘rin – Olamafro‘z Abdurahmonov (Tojikiston);
3-o‘rin – Umid Esonov (O‘zbekiston);
3-o‘rin – Dilog‘a Afzali (Afg‘oniston).
Yigitlar, 90 kg. vazn toifasida:
1-o‘rin – Aram Grigoryan (Rossiya);
2-o‘rin – Jonibek Qozoqov (O‘zbekiston);
3-o‘rin – Jahongir Mamatrahimov (O‘zbekiston);
3-o‘rin – Paata Gvinashvili (Gruziya).
(Jonibek Qozoqov Past Darg‘om tumanidan).
Qizlar. 70 kg. dan ortiq:
1-o‘rin - Pokizaxon Kamoliddinova (O‘zbekiston);
2-o‘rin - Azman Amayeva (Qozog‘iston);
3-o‘rin - Flyura Ergasheva (O‘zbekiston);
3-o‘rin - Vladlena Guseva (Rossiya).
Yigitlar. 60 kg.
1-o‘rin - Muhammadrizo Quvvatov (Tojikiston);
2-o‘rin - Abdulaziz Hamroyev (O‘zbekiston);
3-o‘rin - Akobir Qurbonov (O‘zbekiston);
3-o‘rin - Ilhom Seylxan (Qozog‘iston).
Yigitlar, 66 kg. gacha:
1-o‘rin. Qobiljon Ahmedov (O‘zbekiston);
2-o‘rin - Amirali Hamrayev (Qozog‘iston);
3-o‘rin - Ruslan Bo‘riyev (O‘zbekiston);
3-o‘rin - Muhammad Yusuf Shuayb (Afg‘oniston).
Yigitlar. 73 k. gacha:
1-o‘rin - Sobir Safarboyev (Qozog‘iston);
2-o‘rin - Umid Abdullayev (O‘zbekiston);
3-o‘rin - O‘rol Sodiqov (O‘zbekiston);
3-Husayni Ilsoqzoda (Tojikiston).
Va nihoyat, mutloq vazn toifasida
1 -o‘rin - Muhsin Hisomiddinov (O‘zbekiston);
2 -o‘rin - Dadaxon Qurbonaliyev (Tojikiston);
3 -o‘rin - Ne’matillo Asranqulov (Tojikiston);
3 -o‘rin - Yahyo Imomov (O‘zbekiston).
Barcha vazn toifasidagi 1-o‘rin sohiblariga 3000, 2-o‘rin sohiblariga 2000, 3-o‘rin sohiblariga 1000 AQSh dollari miqdorida pul mukofotlari, esdalik sovg‘alari tuhfa qilindi.
Mutloq vazn toifasida g‘olib bo‘lgan Muhsin polvonga 10.000, Dadaxon polvonga 5.000, Ne’matillo va Yahyo polvonlarga 3.500 AQSh dollari miqdorida pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari topshirildi hamda surxoncha to‘nlar kiydirildi.
Chorak final g‘oliblari bo‘lgan polvonlarga ham pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari berildi.
Bu yilgi Xalqaro turnir juda ajoyib o‘tdi, chiroyli kurash usullari qo‘llandi, har kuni stadion tomoshabinlarga to‘la bo‘ldi va ularning hayqiriqlari shaharni tutdi.
Karimberdi To‘ramurod,
Termiz shahridan Zarnews sayti uchun maxsus.