Yevropada XXI asrda ilk bor to‘liq quyosh tutilishi kuzatildi
12 avgust kuni kechqurun Yerning shimoliy yarimsharida to‘liq quyosh tutilishi sodir bo‘ldi.
Quyosh Oy tomonidan butunlay to‘silgan holat Grenlandiya, Islandiya, Portugaliya va Ispaniyada kuzatildi. Kontinental Yevropa uchun to‘liq quyosh tutilishi 1999 yildan buyon birinchi marta kuzatilgani sababli, ushbu hodisa ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi — mintaqaning yirik shaharlarida maxsus ko‘zoynak va durbinlar voqeaga bir necha kun qolganidayoq sotilib ketdi.
Islandiya to‘liq quyosh tutilishini tasvirga olishga muvaffaq bo‘lingan birinchi mamlakat bo‘ldi. Quyosh tutilishi tufayli kunduzi yarim tunga xos qop-qorong‘i muhit yuzaga keldi.
Navbatdagi quyosh tutilishi bir yildan so‘ng — 2027 yil 2 avgustda sodir bo‘ladi. Uning to‘liq fazasini Ispaniyaning eng janubida, shuningdek, Shimoliy Afrikada kuzatish mumkin bo‘ladi.