Bosh prokuror kubogi bellashuvida pastdarg‘omlik polvonlarning qo‘li baland keldi 

Samarqand shahrida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida milliy kurash bo‘yicha "Bosh prokurur kubogi"ning viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqaning ochilish marosimida viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ro‘ziyev, viloyat prokurorining katta yordamchisi S.Majidov, viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i S.Boboyev, sport faxriysi H.Rofiyev so‘zga chiqib, bellashuv ishtirokchilariga omad tiladi. Azaldan ota-bobolarimiz katta maydonlarda bel olishganlari, hozirda yosh polvonlarimiz erishayotgan natijalar tahsinga loyiq ekanligi ta’kidlandi. 

Musobaqada viloyatning barcha hududlaridan kelgan 144 nafar mahalladagi uyushmagan, og‘ir toifadagi, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar, 18-30 yosh toifalarida o‘g‘il bolalar (66, 73, 81, 90, +90 kg), qiz bolalar esa (48, 57, 70, 87 kg) vaznlarda ishtirok etdi.

Bellashuv boshlanishida samrqandlik xushovoz xonandalar, san’at maktabining jajji o‘g‘il qizlari, sport maktabi akrobatlarining chiqishi polvonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Murosasiz kechgan baxs yakuniga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida o‘z vazn toifasida pastdarg‘omlik polvonlar - Odiljon Ro‘zimurodov, Ismatulla Xolmahmatov, Ibrohim Nurillayev, Nurobod tumanidan kelgan Orzubek Omonov, paxtachilik Shahriddin Mavlonov barcha raqiblaridan kuchli ekanligini ko‘rsatdi.

Ayollar o‘rtasidagi bahsda ham Past Darg‘om tumanidan kelgan kurashchi qizlar - Marhabo Eshmurodova, Zarina Abdusalomova, Dilshoda Isroilovaning qo‘li baland keldi. Paxtachilik Mashhura Sunnatilloyeva ham raqiblariga bo‘sh kelmadi.

Yuqorida nomlari keltirilgan kurashchilar bellashuvning respublika bosqichi yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi.