Ertaga O‘zbekistonga nam havo kirib kelishi kutilmoqda

«O‘zgidromet» agentligi xbariga ko‘ra, 8 fevraldan O‘zbekiston hududiga nam havo kirib kelishi boshlanadi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Mamlakatning katta qismida havo harorati yuqori bo‘lishi saqlanib turadi, faqat respublika shimolida harorat –3…+2 darajagacha pasayadi.

Yakshanba kuni respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kunduz kunlari havo harorati +5…+10 darajagacha pasayadi, shimolda −3…+2 daradja atrofida bo‘ladi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ayrim joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.