Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bepul turar joy bilan ta’minlanadi

Yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga turar joylar viloyat hokimliklari tomonidan beriladi.

Hokimliklar bo‘sh turarjoy bo‘lmaganda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga turar joyni sotib olish uchun byudjet mablag‘lari beradi.

Bunda turar joyi bo‘lmagan va turarjoyga muhtoj sifatida hisobda turgan yetim bolalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ular toifasiga kiradigan 18 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan shaxslar turarjoy olish huquqiga ega.