Yevropa mamlakatlari Belarus bilan parvozlarni to‘xtatadi

26 maydan boshlab Minskda Ryanair samolyoti bilan yuz bergan hodisa tufayli Ukraina Belarus bilan havo qatnovini to‘xtatdi, dedi Bosh vazir Denis Shmigal.

Cheklov Moskva vaqti bilan 00:00 dan boshlab amal qila boshladi.

Bundan tashqari, Ukraina aviakompaniyalari va laynerlariga Belarus havo hududida uchish taqiqlanadi. Shuningdek, chegara xizmatiga aeroportlarning bojxona punktlarida respublikadan kelayotgan va ketayotgan yo‘lovchilarni rasmiylashtirishni to‘xtatish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi.

Ma’lumki, 23 may kuni Afinadan Vilnyusga yo‘l olgan Ryanair samolyoti mina mavjudligi tufayli shoshilinch ravishda Minsk aeroportiga qo‘ndi. Mina to‘g‘risidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi. Bortda Polshada yashovchi, Nexta Telegram kanalining asoschisi, Belarusda ekstremist deb tan olingan Roman Protasevich bo‘lgan. Hujjatlarini tekshirish paytida u hibsga olingan.

Ryanair samolyotining qo‘nishi bilan bog‘liq vaziyat bosh vazir ta’kidlaganidek, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi konvensiyani buzmoqda.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi aviakompaniyalarni Belarus ustidan parvozlardan voz kechishga chaqirgan va Minskka qarshi yangi sanksiyalarni joriy etish niyatini e’lon qilgandi. Gollandiyaning KLM, Air France, Germaniyaning Lufthansa, Shvetsiyaning SAS, Polshaning LOT, Wizz Air, Latviyaning Air Baltic, fin Finnair, Singapore Airlines va Austrian Airlines respublika osmoniga chiqmaslikka qaror qildi.

Yevropa aeroportlari «Belaviya» reyslarini qabul qilishni rad etishni boshladi. Bunga javoban kompaniya Buyuk Britaniya va Fransiya bilan aloqalarni oktyabr oyining oxirigacha yopmoqda. Kecha Minskdan Parijga ertalabki reys bekor qilindi.

Protasevichga qarshi bir nechta moddalar, jumladan ommaviy tartibsizliklar tashkil etish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Uni o‘lim yoki 15 yillik qamoq jazosi kutmoqda.