"Fantastik yangilik": Yerning ozon qatlami qayta tiklanmoqda
Sayyorani Quyoshning zararli ultrabinafsha nurlanishidan himoya qiluvchi Yerning ozon qatlamining tiklanishi jadal davom etmoqda, deya xabar beradi BMT tomonidan qo‘llab-quvvatlangan olimlarning yangi hisobotida, deb yozadi Axios.
Hisobotda aytilishicha, Axios asosan Xitoyning shimoli-sharqidagi zavodlardan chiqariladigan ozon qatlamini yemiruvchi kimyoviy xlorftoruglerod so‘nggi to‘rt yil ichida sezilarli darajada kamaygan. Bu ozon qatlamining tiklanish dinamikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
“So‘nggi to‘rt yillik hisobotga ko‘ra, ozonni qayta tiklanishi jadal davom etmoqda - bu fantastik yangilik”, degan BMT Atrof-muhit dasturining ozon bo‘yicha kotibiyati ijrochi kotibi Meg Seki.
Antarktidada katta mavsumiy ozon yo‘qotishlari qayd etilganidan so‘ng, 1987 yilda ozon qatlamini yemiruvchi moddalar ishlab chiqarish va atrof-muhitga chiqarishni cheklash uchun Ozon qatlamini buzuvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoli imzolandi. Protokol atrof-muhit bo‘yicha qabul qilingan eng muvaffaqiyatli shartnoma bo‘ldi.
Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, agar ozonni yemiruvchi moddalar chiqarishni kamaytirish bo‘yicha amaldagi siyosat o‘z kuchida qolsa, ozon qatlami Antarktidada taxminan 2066 yilga, Arktikada 2045 yilga, butun dunyoda 2040 yilga kelib 1980 yildagi darajaga qaytadi.
G.Xoldorova tayyorladi.