FAROSAT NIMA?

Farosat – bu insonni his qilishi, sezishi. Qalbdan keladigan ishoralarni anglashidir. Ulamolar doim farosatlariga quloq solishgan va unga amal qilishgan. Farosat bu Allohning bandasiga bergan eng ulug‘ hidoyatidir.
Farosat bu aql va zakovatni yetilganligi bo‘lib, insondagi sezgirlik, zexni o‘tkirlik, topqirlik, erkin fikrlash qobiliyatlarini ishga tushganligini anglatadi. Farosatli insonlar boshqalarga o‘ta murakkab va qiyin bo‘lib tuyulgan muammolarni hal qila oladi. Ularni jamiyatga, insoniyatga va taraqqiyotga keltirgan, keltiradigan manfaati juda katta.

FAROSATSIZLIK
Befarosatlik shunday illatki, bunda farosati yo‘q odam emas, uni oldidagilar ko‘proq aziyat chekadilar

Hurmatli fidoyilar viloyatimizda, jamiyatimizdagi farosatsiz harakatlarga qarshi kurashmoqchimisiz? Unda quyidagi guruhimizga qo‘shiling:

Sizdan guruhga barcha-barcha farosatsiz harakatlar bo‘yicha real rasmlar, 1 minutdan oshmagan videolarni qisqacha izohi bilan (manzili, ko‘cha, hududini yozib) yuboring.

Guruhga yuborilgan materiallarning muallifi sir saqlanib, quyidagi telegram kanalda nashr etiladi:

Shuningdek, boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham Farosatingiz bormi? sahifalarida chop etiladi.


Demak, ushbu guruh va kanalga a’zo bo‘lamiz hamda ma’naviyati va ma’rifati rivojlangan jamiyat yaratish sari birlashamiz!