Fidoyilik bilan qilingan mehnat munosib e’tirof etildi

Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi hamda viloyat soliq boshqarmasida tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Ularda qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan tashkilot va korxonalar vakillari, shuningdek, soliq xizmati organlari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirlarda so‘zga chiqqanlar yig‘ilganlarni qutlug‘ sana — Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etib, sohalar rivojiga munosib hissa qo‘shib, samarali mehnat qilayotgan yurtdoshlarning xizmatlarini alohida e’tirof etdilar.
Tantanali marosimlarda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan esdalik nishonlari sohalarda ko‘p yillardan buyon fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarga tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirlar yakunida mukofotlanganlarga ezgu tilaklar bildirilib, ularning kelgusidagi faoliyatida ham yuksak natijalar tilab qolindi.