Fidoyilik, kamtarlik, halollik timsoli
Hasan Normurodov sha’niga ko‘p ta’rifu tavsifning hojati yo‘q. Negaki, bu nom nafaqat viloyatda, balki mamlakatimizda ham fidoyi inson, farishtali nuroniy, zukko muallim, jonkuyar va kamtar ziyoli timsoliga aylangan. Shu sababli Prezident Sh.Mirziyoyevning H.Normurodovga «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni berish haqidagi farmoni keng jamoatchilik tomonidan ishtiyoq bilan kutib olindi.
- Men davlatimiz rahbari, bunyodkor xalqim oldida doimo burchdorligimni his qilib yashayman, ular ishonchi va e’zoziga munosib bo‘lishga intilaman, - dedi otaxon.
Bugun Hasan Norbekovich 80 yoshga kirdi.
Qutlug‘ yosh muborak, Qahramon bobo!