Fitr va zakot kimlarga beriladi?
Muborak Ramazon oyining yaxshi fazilatlari ko‘p. Bu oyda qalban Allohga yaqinlashamiz. Shukronalik, muruvvat, saxovat va mehr-oqibat kabi hamma ezgu ishlarga shu oyda ko‘proq e’tibor qaratiladi.
Ramazon oyining afzalliklaridan yana biri zakot va fitr sadaqa berishdir. Fitr sadaqa (og‘iz ochish sadaqasi) ro‘za munosabati bilan beriladigan sadaqadir. Unga ko‘ra biror sabab bilan ro‘za tutolmay qolgan kishilarning sadaqa berishi yoki iftorlik qilishi Qur’onda ko‘rsatilgan. Bu turdagi sadaqa nogiron, nochor, beva-bechora va miskinlarga beriladi. Uning miqdori xanafiy mazhabi ulamolarining ta’limotlariga binoan “yarimso-2” kilogramm bug‘doyni tashkil qiladi.
Zakot esa kambag‘allarga beriladi. Ya’ni boy bo‘lmagan kishilarga. Zakotni faqirlarga, miskinlarga, zakot yig‘uvchi kishilarga, dini Islomga oshno qilinishi kerak bo‘lgan kishilarga, qullarni ozod qilish yo‘liga, qarzini to‘lolmay qolgan kishilarning qarzini to‘lashga hamda Alloh yo‘lida va musofirlarga berilishi kerak, deb sakkiz sinfni Allohning o‘zi bayon qilib bergan.
Saidjamol Mirjafarov,
sharqshunos, arabshunos olim.