Fransiya kosmosda harbiy mashg‘ulotlar boshlaganini e’lon qildi
Mamlakat qurolli kuchlari tarixida birinchi marta Fransiya harbiylari kosmosda mashg‘ulotlarga kirishdi. Bu haqda Les Echos gazetasi xabar berdi.
Mashqlar 1965 yilda uchirilgan Fransiyaning AsteriX sun’iy yo‘ldoshi nomi bilan nomlandi.
Mashqlar tegishli bo‘linmalarning potensial xavfli hodisalarga, masalan, tahlikali ob’yekt yoki kosmosdagi ayg‘oqchi-sun’iy yo‘ldoshlarni aniqlash imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi.
Fransiya kosmik kuchlari boshlig‘i Mishel Fridling ushbu mashqlarni nafaqat fransuz armiyasi, balki butun Yevropa uchun birinchi mashg‘ulot ekanligini ta’kidlab, "tizimlar uchun stress-sinov" deb atadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh kosmik kuchlari va Germaniya kosmik agentliklari ham AsteriX ishtirokchilaridir. Ma’lum bo‘lishicha, mashqlar 12 mart kuniga qadar davom etadi.
2020 yil fevral oyida Fransiya «Birlashgan kosmik operatsiyalar» (CSpO) hamkorlik tashabbusiga qo‘shildi. Mamlakat mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, Parij Florans Parley va olti ittifoqchi birligida kosmosdagi harakatlarni kuchaytirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.
2020 yil dekabrida Qo‘shma Shtatlar kosmos AQSh va raqiblar o‘rtasidagi jangovar harakatlar potensial maydoniga aylanib borayotganini e’lon qildi. Shuning uchun Vashington kosmosdagi tajovuzni qaytarishga tayyor turishi kerakligini bildirdi. Moskva esa kosmosni harbiylashtirish yo‘l qo‘yib bo‘lmas holat deya ta’kidladi.
G.Xoldorova tayyorladi.