Fuqarolar murojaatidan so‘ng ham Qorasuvdagi kichik muammo barham topmadi
- 27.09.2024 10:23
- 109
- Samarqand

14 sentyabr kuni Zarafshonbot’ga murojaat rukni ostida “Qorasuvdagi noqonuniy qurilishlarga chek qo‘yiladimi?” sarlavhasi bilan murojaat berilgandi.
Unda Samarqand shahar Qorasuv maskanidagi 72-ko‘p qavatli uyning orqa tomonidan ikki qavatli yengil konstruksiyali noqonuniy bino qurilayotgani aytilgandi.
Ushbu murojaat chiqqan kuni “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali xodimlari kelib, 72-ko‘p qavatli uyning gaz trubasiga noqonuniy ulanib olgan tadbirkorning gaz trubasini kesib ketishdi. Ammo, ko‘p o‘tmay tadbirkor yana 72-ko‘p qavatli uyning gaz trubasiga ulanib oldi. Buni “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali qanday izohlaydi?
Shuningdek, hanuzgacha ushbu qurilgan bino buzilgani yo‘q. 72-ko‘p qavatli uyda yashovchilarning murojaatiga ham shahar hokimligi munosabat bildirmadi. Xo‘sh, tadbirkorga chora ko‘riladimi, noqonuniy qurilishga chek qo‘yiladimi?
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Sakkizinchi mo‘’jiza - taraqqiyotga yetaklovchikuch
- 56 daqiqa avval
- Mutolaa
Oqila ayollar hayot darslarini o‘tishmoqda
- 2 soat avval
- Samarqand
O‘g‘ri kelin
- Bugun, 06:04
- Mutolaa
Ko‘ngilning qorong‘i ko‘chalari
- Kecha, 21:23
- Mutolaa