Past Darg‘omda bir milliard so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlagan issiqxonalar aniqlandi
- 29.04.2024 11:58
- 129
- Jinoyat va jazo

Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Past Darg‘om tuman bo‘limi tomonidan IIB, “O‘zenergoinspeksiya” va GTF xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, “Nayman” MFY hududidagi xonadonda yashovchi G‘.X. o‘ziga qarashli issiqxonaga hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida 20 dona qo‘lbola usulda yasalgan isitish uskunalarini o‘zboshimchalik bilan o‘rnatib, jami 688,9 mln. so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Shu kabi, “Qozoq-Nayman” mahallasi hududidagi xonadonda yashovchi X.Sh. o‘ziga tegishli issiqxonada qo‘lbola usulda yasalgan isitish uskunalarini o‘rnatib, 329,6 mln. so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
1 iyuldan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
- 1 soat avval
- O‘zbekiston
Dunyodagi g‘alati to‘y an’analari
- Kecha, 20:28
- O'qing, qiziq!
Baxtmi yoki baxtsizlikmi?
- 28/06, 15:35
- Mutolaa
Ota-onangizdan hech qachon uyalmang
- 28/06, 15:29
- Jamiyat