Qorasuvda bolalar bog‘chaga xavfli yo‘ldan o‘tib boryapti
- 16.09.2024 11:03
- 75
- Dolzarb
Mobil muxbir xabar qiladi
Samarqand shahar Qorasuv massivida 51-maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirilgani yangi uylarga ko‘chib o‘tgan aholi uchun qulay imkoniyat bo‘ldi, ammo bu bog‘chaga olib boradigan yo‘l talab darajasida emas. Yangi uylarni bog‘cha bilan bog‘lovchi katta yo‘l ham changib yotibdi. Tashkilot yonginasida qurilish jarayoni davom etyapti va “katlavan” qazilishi oqibatida bog‘chaga eltuvchi birgina yo‘l buzilgan, ya’ni bir qismi cho‘kkan. Bu yerda bolalar tashkilot darvozasidan chiqishi bilan chuqurga tushib ketish xavfi katta.
Shuningdek, bog‘cha hovlisiga tutash joyda qurilish materiali ishlab chiqarayotgan sexdan chiqadigan chang ham bolalar salomatligiga salbiy ta’sir qilishi tabiiy.
Biror kor-hol yuz berishini kutib o‘tirmasdan ushbu muammolarni vaqtida hal etish choralarini ko‘radigan mas’ullar bormi?
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Bugun, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa