E’tirozdan so‘ng qilingan yoxud oxiriga yetkazilmagan bekatlar
- 15.11.2024 15:08
- 136
- Jamiyat
Shu yil 6 noyabr kuni telegram kanalimizda “Kichik bekatlari ham yo‘q katta shaharcha” sarlavha ostida tanqidiy maqola berilgan edi.
Qorasuv maskanidagi bu masalani mutasaddilar joyida o‘rganib, ijobiy yechim topibdi. Tanqid qilingan manzildagi yo‘lning ikki tomoniga bekat qurildi.
Buning uchun rahmat. Ammo joylashtirilgan bekatlar ishi oxiriga yetkazilmagan. Masalan, bekat avtomobillar to‘xtash joyiga qurilgani uchun haydovchilar transport vositalarini bekat qarshisiga qo‘yib ketishgan. Mutasaddilar bu masalani ham tez kunda yakuniga yetkazadi, deb umid qilamiz. Zero, yomg‘irli va qorli kunlar hali oldinda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bolalik haqida esse
- 1 soat avval
- Mutolaa
Yangi baholash tizimi: afzalliklar va muammolar
- 3 soat avval
- Ta’lim