Konigil turizm qishlog‘ida “smart bekat”lar o‘rnatildi

Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Samarqand tumanida yashovchi yosh tadbirkor Boburjon Astanov tomonidan tayyorlangan ana shunday bekatlarning uchtasi Konigil turizm qishlog‘i hududida o‘rnatildi.
- Avvalo, "Smart o‘rindiq" loyihasi ustida ishladim, - deydi B.Astanov. – Tumanimiz hokimi Sirojiddin Usmonovning start-ap loyihalarini qo‘llab-quvvatlashi natijasida o‘rindiqlardan so‘ng xuddi shunday "smart avtobekat"lar ham tayyorlashga kirishdim. Dastlabki namunalar tayyor bo‘ldi. Odamlar taklifi bilan ularning uchtasi Koniil qishlog‘iga joylashtirildi.
Bekat yon devorlari o‘rnida ichidan yorug‘lik tarqatadigan monitorlar o‘rnatilgan bo‘lib, bunda ijtimoiy va reklama materiallari joylashtirilishi mumkin. Shuningdek, bekatda telefonlarni quvvatlash tizimi, kuzatuv kamerasi, kalonkalar, harakat va yorug‘lik sensorlari ham mavjud. Ahamiyatlisi, ularning barchasi qayta tiklanuvchi energiya manbai orqali ishlaydi.
To‘lqin Siddiqov.