@zarafshonbot’ga murojaat: “Olti oydan buyon lift ishlamayapti”

“Samarqand shahar Qorasuv mahallasi 74-uydan murojaat qilyapmiz. Ko‘p qavatli uyda olti oydan buyon kichik lift ishlamasdan kelmoqda.
Mazkur masala bo‘yicha "Nur SHarq Tess" MChJ rahbari va xodimlariga bir necha marta murojaat qilishimizga qaramasdan bugungi kunga qadar aniq javob yoki muammoni hal qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmasdan kelmoqda.

Uyda 80 ta xonadon bor. Har kuni ertalab ishga, o‘qishga shoshilib navbat kutib, boradigan manziliga belgilangan vaqtda kech qolish holatlari kuzatilmoqda.

Issiq jonni isitmasi chiqqani kabi xonadonlardagi fuqarolarni tobi qochgan vaqtda tez tibbiy yordam xodimlari ham kutib qolish yoki 12,15 qavatlarga piyoda chiqish holatlari tez-tez kuzatilyapti.
Kamiga uyda to‘xtovsiz ishlab turgan katta liftda ham nosozlik holatlari uchrab turadi. Ya’ni, lift to‘xtovsiz ishlab turganligi sababli arqonlaridan ovoz chiqib, xonadon egalari tomonidan liftda vaqtimiz uzulib ketmasmikan degan xavotirlarga sabab bo‘lyapti.

"Nur SHarq Tess" MChJ rahbariyatidan lift tuzatib katta liftni qachon soz holatda ishlashini ta’minlashlari bo‘yicha aniq kuni va vaqti bilan munosabat bildirishlarini so‘rab qolamiz”.