Ikki tumanda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Past Darg‘om tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.” MChJ mas’ul shaxslari avtomobillarga siqilgan gaz to‘ldirish shoxobchasining gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir o‘tkazib, jami 2 mlrd. so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Departamentning Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.B.” xususiy korxonasi rahbari A.A. “Ishtixontumangaz” hududiy bo‘limi chilangari A.J. yordamida korxonaga qarashli to‘yxonani hech qanday hujjatsiz gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 231,2 mln. so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.