Past Darg‘omda "tumangaz" xodimi gaz tarmog‘iga o‘g‘irlik yo‘li bilan ulanib olgani aniqlandi
- 08.08.2023 17:44
- 291
- Jinoyat va jazo

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Past Darg‘om tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Pastdarg‘omtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi operatori K.R. o‘ziga tegishli issiqxona va molxonani hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab olgan.
Natijada jami 237,3 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan.
Shuningdek, K.R. iste’molchilarning abonent raqamlarida mavjud qarzdorliklarini asossiz yo‘q qilib berish orqali davlat va jamiyat manfaatlariga 99,8 mln so‘m zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 278-4-moddasi (kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Adab ilmida benazir inson
- Hozirgina
- Mutolaa
Sport maktablariga qabul jarayonlari o‘zgardi(mi?)
- 8 daqiqa avval
- Sport
Samarqandda yil oxirigacha yirik tonnel ishga tushadi
- 11 daqiqa avval
- Samarqand
Keksalar yugurishda yoshlarga o‘rnak bo‘ldi
- 13 daqiqa avval
- Sport
Biror bola bog‘chadan chetda qolmaydi
- 2 soat avval
- Jamiyat