Past Darg‘omdagi ohak sexida gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida 4,3 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi
- 11.08.2023 10:55
- 85
- Jinoyat va jazo
Samarqand viloyati prokuraturasi organlari tomonidan Past Darg‘om tumani “Kamolot” mahallasi hududida faoliyat yurituvchi “D.G‘.S” MChJ mansabdor shaxslari va boshqalar “Pastdarg‘omtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limining ruxsatisiz, shartnoma tuzmasdan, mavjud qoidalarga zid ravishda ohak ishlab chiqarish sexini tashkil etib, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlangan.
Jamiyat tomonidan o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib olib, noqonuniy ravishda foydalanib kelganligi oqibatida 4,3 mlrd. so‘m zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan “D.G‘.S” MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa