Fuqaroning karantin davrida ishlatmoqchi bo‘lgan pulini o‘g‘ri urdi
Zafarjon bundan avval ham bir necha bor jinoyatga qo‘l urgan. Shuning uchun uni sud xavfli jinoyatchi, deb topgan. Qilig‘ini qo‘ymagan Zafarjon 2020 yil 9 mart kuni ishlash maqsadida Samarqand shahriga borish uchun yashash manzili - Narpay tumanidan yo‘lga chiqadi. Yengil avtotransport vositasida Oqdaryo tumani Taraqqiyot mahallasi hududiga yetganda, haydovchi avtamashinasiga yoqilg‘i quyish uchun AYoQShga to‘xtaydi. Shu yerda Zafarjon ishlab topgandan ko‘ra, o‘g‘irlab topgan osonroq, degan xayolga keladi.
Sinchkovlik bilan yon-atrofni kuzatadi va maqsadi sari birinchi qadamlarni tashlaydi. Bu manzilgacha kelgan xaydovchiga yo‘l kirani berib, shu yaqin atrofdagi uylar tomon yo‘l oldi. Oqdaryo tumani Taraqqiyot mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli, Naymancha massivi hududida istiqomat qiluvchi I.D.ning uyi Zafarjoning e’tiborini tortdi. Uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, xonadon ichkarisiga yashirin ravishda kiradi va jami bahosi 18.800.000 so‘mlik mol-mulklarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashirinadi.
Ko‘p o‘tmay, bu o‘g‘irlik Zafarjon tomonidan amalga oshirilganligi ma’lum bo‘ladi. Ushlangan o‘g‘ri tergov qilindi. Zafarjon qilgan aybiga to‘liq iqror bo‘ldi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Oqdaryo tumani sudida videokonferensiya tarzida o‘tkazilgan sudda tomonlarning fikrlari guvohlarning ko‘rsatmalari tinglandi. Jabrlanuvchi I.D. qimmmatbaho buyumlari yo‘qolganini hamda karantin davrida kerak bo‘ladi, deb jamg‘arib qo‘ygan pullari o‘g‘irlanganligini bildirdi. Sudlanuvchi esa qilgan qilmishiga to‘liq iqrorlik bildirdi. Sud Zafarjonga o‘talmay qolgan jazo muddatlarini qisman qo‘shish yo‘li bilan Jinoyat qodeksining tegishli moddalariga asosan uzil-kesil o‘tashlik uchun 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
I.DONIYoROV,
jinoyat ishlari bo‘yicha Oqdaryo tumani sudi raisi.