"Futbol: JCh-2022": 7-15 iyun kunlari O‘zbekiston terma jamoasi saralash o‘yinlarini o‘tkazadi
"JCh-2022" hamda "OK-2023" qo‘shma saralash bahslari butun dunyoda tarqalgan koronavirus pandemiyasi sababli 2021 yilga qoldirilgan edi. Ayni kunlarda ana shu qoldirilgan o‘yinlar bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan markazlashgan turnirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Singapur, Yaman va Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
O‘tgan yil "JCh-2022" ikkinchi saralash bosqichida ishtirok etgan terma jamoamiz beshta o‘yin o‘tkazib, 9 ochkoni qo‘lga kiritgan edi.
Joriy yilning iyun oyida "JCh-2022"ning Osiyo qit’asi bo‘yicha saralash o‘yinlarida “D” guruhi o‘yinlariga start berildi va 3 iyun kuni Falastin (4:0) Singapur jamoalari bahslashdi. Ayni vaqtda turnir jadvalida birinchi o‘rinni 11 ochko bilan Saudiya Arabistoni, ikkinchi o‘rinni 9 ochko bilan O‘zbekiston, uchinchi o‘rinni 7 ochko bilan Falastin, to‘rtinchi o‘rinni 7 ochko bilan Singapur va beshinchi o‘rinni 5 ochko bilan Yaman milliy terma jamoalari egallab turibdi.
"JCh-2022" saralash bosqichining “D” guruhida terma jamoalar o‘yin taqvimi quyidagicha:
5 iyun 23:00
Saudiya Arabistoni - Yaman
7 iyun 23:00
O‘zbekiston - Singapur
11 iyun 23:00
Yaman - O‘zbekiston;
Singapur - Saudiya Arabistoni.
15 iyun 23:00
Falastin - Yaman;
Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston.