FVV xodimlari yordamida yuk mashinasidagi yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 30 aprel kuni soat 00.50 lar atrofida «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga “A-373 M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Toshkent – Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan «VOLVO» rusumli yuk mashinasida, kabina qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sababli yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, boshqarma qutqaruvchilari maxsus texnikalar bilan hodisa sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan yetib borishdi.

Ko‘rilgan tezkor qutqaruv ishlari natijasida soat 01:07 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida avtomashinaning kabina qismi yongan. Mashina haydovchisiga tan jarohati yetmagan.