G20 deklaratsiyasini tasdiqlashga 200 soatdan ziyod vaqt ketdi
Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan sammitda G20 rahbarlarining qabul qilgan qo‘shma deklaratsiyasini muvofiqlashtirish uchun qariyb 200 soatlik "to‘xtovsiz muzokaralar" o‘tkazilgan.
Avvalroq, Rossiyaning ishonchli vakili Svetlana Lukash Hindistondagi sammit forumning deyarli o‘n besh yillik tarixidagi G20 uchun eng qiyinlaridan biri bo‘lganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu nafaqat Ukrainadagi kelishmovchiliklar, balki iqlim o‘zgarishi va kam uglerodli energiya tizimlariga o‘tish kabi masalalar bo‘yicha turli pozitsiyalar bilan ham bog‘liq.
Ilgari ham Hindistonning raisligi davrida G20 vazirlari qo‘shma deklaratsiyalarni kelisha olmagan edi. Vazirlar darajasidagi barcha uchrashuvlar, xususan, G20 TIV rahbarlarining uchrashuvlari yakunlari bo‘yicha "yakuniy hujjat va raisning rezyumesi" imzolangan. Bunday hujjat bir yoki bir nechta fikrlar bo‘yicha konsensus bo‘lmagan taqdirda qabul qilinadi. O‘sha paytda Rossiya va Xitoy qarshi chiqqan va Ukraina bilan bog‘liq bandni deklaratsiyalar matniga kiritishga to‘sqinlik qilishgan. G20 deklaratsiyasi uchun ham Ukraina bandi to‘siq bo‘lishi kutilgan edi.