G‘alla yetishtiruvchilardan rejadan tashqari don talab qilish taqiqlanadi
- 06.06.2022 19:39
- 190
- Iqtisodiyot
Qayd etilishicha, o‘rim mavsumi boshidan buyon 170 ming tonnadan ortiq g‘alla don korxonalariga topshirildi.
G‘allaning 1 kilogrammi dastlabki narx sifatida 3 ming so‘mdan qabul qilinmoqda. Kelgusida birja narxlaridan kelib chiqqan holda, ushbu narxga yana qo‘shimcha haq to‘lab beriladi.
Hozirga qadar, g‘alla yetishtiruvchilarga 146 mlrd. so‘mlik mablag‘ to‘lab berildi.
G‘alla yetishtiruvchilardan rejadan tashqari ortiqcha don talab qilinishiga to‘liq chek qo‘yildi. Ushbu jarayon prokuratura xodimlari tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
Teglar:
g‘alla