Germaniyada qat’iy karantin choralari joriy etiladi
Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakat hukumati tomonidan 2 noyabrdan boshlab aholi uchun yangi qat’iy karantin choralari joriy qilinayotganligini ma’lum qildi.
Agar chora ko‘rilmasa, Germaniya sog‘liqni saqlash tizimi qulashi mumkinligi bashorat qilindi, deb xabar bermoqda Reuters.
"Rasmiylar har bir qarorning samaradorligini ikki hafta ichida ko‘rib chiqadi", dedi Merkel.
Yangi cheklovlar orasida barlar, restoranlar, teatrlar va kinoteatrlar yopilishi ko‘zda tutilgan.
Maktablar va bolalar bog‘chalari, shuningdek, do‘konlar ijtimoiy masofani saqlagan holda faoliyatni davom ettiradi.
Kansler, shuningdek, kichik biznes sub’yektlarining 75 foizigacha bo‘lgan zararlari qoplab berilishini, iloji boricha, iqtisodiyotga zarar yetkazmaslikka e’tibor qaratilyotganini alohida ta’kidladi.
Jons Xopkins instituti ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyada 472 mingdan ziyod koronavirus bilan zararlanish holati qayd etilgan, 10 mingdan ziyod o‘lim holati SOVID-19 bilan bog‘liq.