Go‘sht 28 mingdan-40 ming so‘mgacha. O‘zbekiston bozorlarida narx-navo qanday?
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi.
Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019 yil 24 mart holatidagi narxlari
Mol go‘shti
28 000 so‘mdan – 40 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori, Farhod dehqon bozori (ikkalasi Toshkent) va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kg. mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan - 38 000 so‘mgacha sotilmoqda.
Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Andijondagi markaziy dehqon bozori hamda Urganch shahar (Xorazm) markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 30 000 – 42 000 so‘m.
Qo‘y go‘shti
28 000 so‘mdan – 42 000 so‘mgacha
Eng arzon narx 1 kg. qo‘y go‘shti uchun Farhod dehqon bozori, Chorsu dehqon bozori va Qoraqalpog‘istonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz qo‘y go‘shtini 28 000 dan 38 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx Toshkentdagi Qo‘yliq dehqon bozori va Andijondagi markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qo‘y go‘shti 40 000 – 42 000 so‘mga.
Tovuq go‘shti
11 000 so‘mdan – 21 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Xorazmdagi markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 11 000 so‘mdan – 16 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Mirobod dehqon bozorida kuzatildi – 18 000 – 21 000 so‘m.
Guruch
4 200 so‘mdan – 15 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Toshkentdagi Qo‘yliq dehqon bozorida qayd etilgan – 4 200 – 12 000 so‘m.
Eng qimmat narx esa Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 4 500 – 15 000 so‘m.
O‘simlik yog‘i
8 500 so‘mdan – 12 500 so‘mgacha
Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtimizdagi “Farhod” dehqon bozori va Farg‘onada Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 8 500 so‘mdan – 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx ham poytaxtda “Mirobod” dehqon bozorida qayd etilgan – 12 500 so‘mgacha.
Un
1 750 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha
Eng arzon un Toshkentning “Qo‘yliq” dehqon bozorida bo‘lib, uning narxi 1 kg. uchun 1 700 – 3 350 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kg. 1-navli un narxi 1 500 so‘mdan.
Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un uchun Mirobod dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Qo‘yliq dehqon bozori, Xorazmdagi Urganch Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 so‘mgacha.
Shakar
4 300 so‘mdan – 5 500 so‘mgacha
Eng arzon narx Toshkent shahridagi “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4 300 – 5 200 so‘m.
1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Qoraqalpog‘iston Markaziy dehqon bozori, Farg‘ona markaziy dehqon bozori hamda Xorazmda Urganch Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 5 500 so‘m.
Tuxum
300 so‘mdan – 650 so‘mgacha
Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 300 - 650 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.
Kartoshka
1 100 so‘mdan – 3 000 so‘mgacha
Eng arzon narx poytaxtdagi ”Chorsu” dehqon bozorida qayd etildi – 1 100 so‘mdan – 2 200 so‘mgacha.
1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx ham Toshkentda ”Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 1 200 – 3 000 so‘mgacha.
Pomidor
5 000 so‘mdan – 17 000 so‘mgacha
Eng arzon narx “Chorsu” dehqon bozorida kuzatildi – 5 000 so‘mdan - 15 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx esa Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorida, hamda Navoiy shahridagi “Saxovat” MChJga qarashli Markaziy dehqon bozorida va Xorazmda Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 17 000 so‘mgacha.
Xo‘jalik sovuni
1 500 so‘mdan – 3 500 so‘mgacha
Eng arzon narx Namangan shahri Markaziy dehqon bozori, Surxondaryo Markaziy dehqon bozorida, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi “Yerqo‘rg‘on dehqon bozori”da va Farg‘onadagi Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda siz xo‘jalik sovunini 1 500 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx Jizzax shahridagi, Namangan shahri va Xorazmning Urganch shaharlaridagi Markaziy dehqon bozorlarida qayd etildi – 3 000 – 3 500 so‘mgacha.