Gulistonliklar nidosi: Eski bo‘lsayam binomiz bor edi
- 04.08.2022 15:12
- 179
- Kim qiladi shugunaniya
Uni aprel oyida buzib, qurilish materiallarini olib ketishdi. Hademay yangi o‘quv yili boshlanadi, ammo poydevor ham qo‘yilmadi.
Payariq tumanidagi 44-maktabdan kelgan bu murojaatda yana quyidagilar haqida "yozg‘irishgan:
"Biz Payariq tumani Guliston mahallasida yashaymiz. Mahallamizda 1963 yil qurilgan maktab binosi bor edi. Farzandlarimiz shu eski maktabda o‘qiyotgan edi. 2022 yil aprel oyida eski binoni yangi maktab quramiz deb buzib olib ketishdi. Bizga 300 o‘rinli maktab binosi va sport zalini qurishga va’da qilishgan edi. Ammo haligacha qurilgani yo‘q.
Bundan oldin ham maktabimizda sportzal, faollar zali, oshxona va maxsus sinf xonalar yo‘q edi..."
Teglar:
Payariq tumani