Gulobod ko‘chasida harakat vaqtincha taqiqlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 27-28 avgust va 2 sentyabr kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari va kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilgan majlis bayonining 11-bandi bilan shahrimizdagi Gulobod ko‘chasining G-34 kesishmasidan Samarqand tumanidagi Xo‘ja Ahrori Vali majmuasigacha bo‘lgan qismida 6 qatorli avtomobil yo‘li qurilishini tashkil etish belgilangandi. Mazkur topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yil 4 oktyabrda Samarqand shahar hokimining 1707-Q sonli qarori qabul qilingandi. Bugungi kunda mazkur ko‘chani qayta qurish ishlari boshlandi.

Shu munosabat bilan jamoat tartibini saqlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida, mazkur ko‘chaning ish olib borilayotgan qismida transport vositalarining harakati vaqtincha taqiqlanadi.

Shahar hokimligi axborot xizmati.