Gurbanguli Berdimuhamedov “Kalmar o‘yini” seriali ssenariysi muallifi ekanligini aytdi
Bir qator OAV xabarlariga ko‘ra, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxobod davlat universiteti talabalari bilan suhbatda Janubiy Koreyaning “Kalmar o‘yini” seriali ssenariysi muallifi uning o‘zi ekanligini aytgan.
“Hammangiz mening asarlarim bilan yaxshi tanishsiz. Lekin mening adabiy iste’dodimning yana bir qirrasi - ba’zida men ssenariylar yozaman. Ayni paytda butun dunyo bo‘ylab o‘n millionlab odamlar “Kalmar o‘yini”dan mamnun va ushbu lenta, syujet va barcha dialoglar uchun g‘oyani men o‘ylab topganman. Achinarlisi, ijodimning teran ma’nosini hamma ham anglab yetmagan. Vaholanki, asarda adabiyot, falsafa va san’at klassiklari ijodiga havolalar juda ko‘p. Har holda, mehnatim yana bir bor jahon miqyosida e’tirof etilganidan xursandman. Oxirgi bir oyning o‘zida menga dunyoning yetakchi rejissyorlaridan o‘ndan ortiq hamkorlik takliflari keldi. Lekin afsuski, vaqtim juda oz”, dedi Berdimuhamedov.
Davlat televideniyesi ma’lum qilishicha, 2022 yilda Turkmaniston kino assotsiatsiyasi Berdimuhamedov nomzodini “Oskar” mukofotiga ko‘rsatishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda dunyo kinosanoatida katta voqeaga aylangan "Kalmar o‘yini" rejissyori va ssenariy muallifi deb Xvan Don Xyok ekani barcha manbalarda ko‘rsatilgan.