Ham stikersiz harakatlangan, ham mashinasi oynalarini ruxsatsiz qoraytirgan haydovchi qo‘lga tushdi
Bugun Samarqand shahriga kiruvchi va chiquvchi 27 ta to‘siq postlar mavjud. Ularda viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari va mas’ul tashkilot vakillari karantin talablaridan kelib chiqqan holda xizmat olib bormoqda.
Joriy yilning 26 aprel kuni soat 14.30 lar atrofida Samarqand shahriga kiruvchi yo‘l bo‘ylab harakatlanib kelayotgan 30 Z 345 TA davlat raqam belgili «Lasetti» avtomashinasi shaharga kiruvchi 3-to‘siq postda to‘xtatib tekshirildi.
Ushbu holatda mazkur transport vositasi haydovchisining Samarqand shahri hududida harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnomasi, ya’ni stikeri yo‘qligi, qolaversa viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining tegishli ruxsatnomasini olmasdan transport vositasining oynalarini qoraytirib olganligi aniqlandi.
Ushbu haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga qo‘yildi.
Samarqand viloyat IIB YHXB axborot xizmati.